Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Germaniya terma jamoasi himoyachisi: «O‘tkazib yuborilgan gol bizni uyg‘otdi»

Germaniya terma jamoasi himoyachisi: «O‘tkazib yuborilgan gol bizni uyg‘otdi»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Nataniel Braun 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kyurasao terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli haqida fikr bildirdi.

14 iyun kuni nemislar raqiblarini 7:1 hisobida tor-mor etishdi va turnirning final bosqichlarida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishdi (239 ta gol).

«Jahon chempionatidagi ilk o‘yinimda gol urganimdan keyingi tuyg‘ularimni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Yettita gol urganimizdan juda mamnunmiz. O‘tkazib yuborilgan gol bizga kerak emas edi, lekin balki bu bizga foyda keltirgandir — bizni uyg‘otdi. Shu shu zaylda o‘ynashda davom etgani va chiroyli futbol ko‘rsatgani uchun jamoam bilan faxrlanaman. Gollar — biz uchun yaxshi, albatta, lekin biz kuchsiz tomonlarimiz ustida ishlashda davom etishimiz kerak», — deya Braunning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

20 iyun kuni Germaniya Jahon chempionati doirasida Kot-d'Ivuarga qarshi maydonga tushadi, 25 iyun kuni esa Ekvador bilan kuch sinashadi. Turnir AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda va 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

Kiritildi: 07:48, 15.06.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик