Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Robertson: «Milliy madhiyani birga kuylash — o‘ziga xos tuyg‘u, g‘alaba esa undan ham a’lo bo‘ldi»

Robertson: «Milliy madhiyani birga kuylash — o‘ziga xos tuyg‘u, g‘alaba esa undan ham a’lo bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Shotlandiya terma jamoasi sardori Endryu Robertson 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Gaiti milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bahs 14 iyun kuni AQSHning Foksboro shahrida bo‘lib o‘tdi va shotlandlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni yarim himoyachi Jon Makginn kiritdi.

«Ajoyib tuyg‘u. Yigitlar o‘z orzularini amalga oshirishdi. Maydonga tushib, milliy madhiyamizni birgalikda kuylaganimiz — bu mutlaqo o‘zgacha lahza bo‘ldi. Keyin esa g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik va bu undan ham a’lo bo‘ldi. Eng muhimi, gol urganimizdan so‘ng darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuboradigandek taassurot uyg‘onmadi. Bunda himoyalangan har bir futbolchining hissasi bor. Biz mudofaada juda yaxshi harakat qildik, 1:0 hisobida oldinda borayotgan paytda bu juda zarur hisoblanadi», — deya Robertsonning so‘zlarini keltiradi VVC nashri.

Shotlandiya terma jamoasi 1998 yildan buyon ilk bor Jahon chempionatining final bosqichidagi o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Ikkinchi turda shotlandlar 20 iyun kuni Marokash bilan o‘ynashsa, uchinchi turda, 25 iyun kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 08:17, 15.06.2026.
O'qildi: 278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик