Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Real» himoyachisi jamoaning yangi a’zosi Bernardu Silvaning darajasiga baho berdi

«Real» himoyachisi jamoaning yangi a’zosi Bernardu Silvaning darajasiga baho berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio Bernardu Silvaning transferi haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi yangi mavsum boshidan boshlab «qaymoqranglilar» safiga borib qo‘shiladi — u Madrid klubiga erkin agent maqomida o‘tmoqda.

«Bernardu Silva — juda ajoyib futbolchi. Shubhasiz, uning kelishi bilan jamoamiz yanada kuchliroq bo‘ladi. Biz barcha yangi futbolchilarni quchoq ochib kutib olamiz. «Real»ning yangi loyihasi haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada bo‘lishiga ishonchimiz komil», — dedi Raul Asensio ElDesmarque nashriga bergan intervyusida.

Ispaniyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Silva to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qildi. Avgust oyida «shaharliklar»ning sobiq sardori 32 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 12:12, 15.06.2026.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик