Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Real»ning sobiq yulduzi Mourinyuning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

«Real»ning sobiq yulduzi Mourinyuning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning sobiq futbolchilaridan birini o‘z murabbiylar shtabiga taklif qilmoqchi. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar tarqatmoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «The Special One» laqabli murabbiyning shtabidan germaniyalik sobiq futbolchi Sami Xedira joy olishi mumkin. Ushbu yarim himoyachi 2010 yildan 2015 yilgacha «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo yaqindagina «qaymoqranglilar» boshqaruviga qaytdi. Portugaliyalik mutaxassis «Real» bilan uch yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Yakunlangan mavsumda Madrid grandi muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi va hech bir sovrinni qo‘lga kirita olmadi.

Kiritildi: 12:50, 15.06.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик