Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Georgios Donis 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Urugvay bilan o‘yindagi durang (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Urugvay — juda shiddatli va kuchli jamoa. Futbolchilari katta tajribaga ega, zaxira o‘rindig‘i ham keng. Shunday raqibga qarshi bahsda bir ochko olish — bu ijobiy natija.
Men o‘z jamoamni yanada yaqinroqdan bilishim kerak. Raqobatbardosh jamoa shakllantirishim lozim va buning uchun bizga vaqt kerakligi mutlaqo mantiqiy holdir. Bugungi natija bizga ustunlik beradi.
Ispaniya bilan o‘yindagi durang (Kabo-Verde bilan bahs nazarda tutilmoqda) ushbu Jahon chempionatidagi eng katta syurpriz bo‘lishi mumkin. Kabo-Verde terma jamoasi juda raqobatbardosh va kuchli ekanligini ko‘rsatdi. Shunga qaramay, guruh favoritlari o‘zgargani yo‘q. Bular — Ispaniya va Urugvay», — deya 56 yoshli gresiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AP axborot agentligi.
Hozirda Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2026 «H» guruhi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 21 iyun kuni jamoa Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













