Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Saybarining transferi Erediviziya tarixidagi eng qimmat top-5 talikka kirishi mumkin

Saybarining transferi Erediviziya tarixidagi eng qimmat top-5 talikka kirishi mumkin

Baho:
+ | -

Marokashlik yarim himoyachi Ismael Saybari Myunxenning «Bavariya» klubiga o‘tish arafasida turibdi. Bir qator insayderlarning xabar berishicha, ushbu kelishuv 55 million yevroga tushadi va bu transfer liga tarixidagi eng qimmat beshta sotuvdan biriga aylanadi.

Rekord braziliyalik vinger Antoniga tegishli bo‘lib, u 2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga 100 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Ikkinchi o‘rinda Frenki de Yongning 2019 yilda 86 million yevro evaziga «Barselona»ga sotilishi qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Amsterdam klubining yana bir vakili Matteys de Ligt yakunlab beradi — u o‘sha yili 85 million yevro evaziga «Yuventus»ga yo‘l olgandi. To‘rtinchi pog‘ona Lisandro Martinesga tegishli (2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga 57 million yevroga o‘tgan), beshinchi o‘rinni esa, yuqorida ta’kidlanganidek, Ismael Saybari egallaydi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Kodi Gakpo (2023 yilda PSVdan «Liverpul»ga 49 million yevro), Yorrel Xato (2025 yilda «Ayaks»dan «Chelsi»ga 44 million yevro), Muhammad Kudus (2023 yilda «Ayaks»dan «Vest Xem»ga 43 million yevro), Davinson Sanches (2017 yilda «Ayaks»dan «Tottenxem»ga 42 million yevro) va Irving Losanoning (2019 yilda PSVdan «Napoli»ga 40 million yevro) transferlari joy olgan.

Kiritildi: 15:33, 16.06.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик