Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1-turidan o‘rin olgan Jazoirga qarshi uchrashuvning 17-daqiqasida hisobni ochdi, 60-daqiqada dublni rasmiylashtirdi, 76-daqiqada esa xet-trik qayd etdi.
Endi «Inter Mayami»ning 38 yoshli futbolchisi hisobida faoliyati davomida o‘tkazilgan 1157 ta o‘yinda 914 ta gol mavjud. U «Barselona» tarkibida 672 ta, Argentina terma jamoasida 120 ta, «Inter Mayami»da 89 ta va «PSJ» safida 32 ta gol urgan. Shuningdek, Lionel 414 ta golli uzatmaga ham mualliflik qilgan.
«An-Nasr» klubida to‘p tepayotgan Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida klublar va Portugaliya terma jamoasi safida jami 1323 ta uchrashuvda 973 ta gol kiritgan.













