Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Barselona» «Real» rahbari Peresning so‘zlari yuzasidan bayonot berdi

«Barselona» «Real» rahbari Peresning so‘zlari yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+ | -

Joan Laporta rasman o‘z lavozimiga kirishguniga qadar «Barselona» prezidenti vazifasini bajarib turgan Rafa Yuste La Liga prezidenti Xavyer Tebas, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi prezidenti Rafael Luzan hamda Hakamlar texnik qo‘mitasi rahbari Fransisko Sotoga rasmiy xat yo‘lladi. Bunga «Real» rahbari Florentino Peresning bayonotlari sabab bo‘ldi. Bundan oldinroq Peres «Barselona»ni «Negreyra ishi» doirasida ko‘p yillar davomida hakamlikni sotib olib kelganlikda ayblagan edi.

«Barselona» ushbu sharhlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligidan tashqari, Ispaniya chempionatining sha’ni va imijiga, shuningdek, umuman hakamlar hamjamiyatiga qilingan jiddiy tajovuz deb hisoblaydi hamda Ispaniyadagi professional futbolning obro‘si va nufuziga putur yetkazadi», — deyiladi «Barselona» klubi bayonotida.

«Barselona» yuqoridagi tashkilotlarni futbol obro‘sini himoya qilishga chaqirdi. Kataloniyaliklar bundan avval ham Florentino Peresni o‘z so‘zlaridan voz kechishga chaqirib, tinchlik bitimi bo‘yicha shikoyat yuborishganini eslatib o‘tishdi. Agar bu amalga oshmasa, «ko‘k-anorranglilar» sudga murojaat qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Negreyraga to‘langan mablag‘lar hakamlarning qarorlari uchun emas, balki hakamlik bo‘yicha tahliliy hisobotlar uchun berilganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 00:43, 18.06.2026.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик