«Galatasaroy» klubi hujumchi Mauro Ikardi bilan shartnoma muddatini uzaytirish niyatida.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya klubi argentinalik futbolchiga yangi bitim bo‘yicha ilk rasmiy taklifini yuborgan. «Galatasaroy» hujumchiga yiliga 4,5 million yevro maosh bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan (shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) yangi shartnoma taklif qilmoqda. Ikardi esa bu taklifni qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaydi, chunki u ayni paytda bir mavsum uchun 10 million yevro maosh olmoqda.
Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Mauro Ikardi «Galatasaroy» tarkibida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyunida nihoyasiga yetadi.













