Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Abbosbek Fayzullayev JCHdagi golini bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlaganini aytdi

Abbosbek Fayzullayev JCHdagi golini bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlaganini aytdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Kolumbiya darvozasiga kiritilgan tarixiy goldan so‘ng qisqa intervyu berdi. Iqtidorli futbolchi ushbu golini kimga ataganini aytib o‘tdi.

O‘yindan keyingi intervyu chog‘ida jurnalistning “Kiritgan golingizni kimga bag‘ishladingiz?” degan savoliga Abbosbek shunday javob berdi:

“Bu golni, avvalo, oilamga hamda bo‘lajak rafiqamga bag‘ishlayman”.

Shundan so‘ng, muxbir qiziqish bilan “U sizga allaqachon tabrik yozishga ulgurdimi?” deb so‘raganda, futbolchi tabassum bilan “Bu sir”, deya javob qaytardi.

Suhbat yakunida jurnalistning “Endi aniq uylanishingiz kerak ekan”, degan hazilomuz luqmasiga Fayzullayev qisqa qilib: “Tez orada”, deb javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvning (1:3) 61-daqiqasida Fayzullayev bosh bilan aniq zarba yo‘llab, O‘zbekiston terma jamoasining mundiallar tarixidagi dastlabki goliga mualliflik qilgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:15, 18.06.2026.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик