Istanbulning «Beshiktosh» klubi «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovichni transfer qilishga urinib ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, turklar serbiyalik hujumchini Italiya grandi bilan shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng erkin agent sifatida (tekinga) o‘z safiga qo‘shib olishni istashmoqda. «Beshiktosh» bosh murabbiyi Vinchenso Italyanoga Vlaxovichning o‘yin uslubi juda yoqadi, qolaversa, ularning «Fiorentina»dagi birgalikdagi faoliyat davridan buyon munosabatlari juda yaxshi. Qayd etilishicha, 26 yoshli forvard hozircha boshqa klublardan takliflar kutmoqda, biroq «Beshiktosh» ushbu transfer borasida ancha faol va qat’iyatli harakat qilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Vlaxovich A Seriya va Chempionlar ligasi doirasida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













