Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Marselo Byelsa JCH-2026’dagi yangi qoidadan norozi: «Bu futbolga hech narsa bermaydi»

Marselo Byelsa JCH-2026’dagi yangi qoidadan norozi: «Bu futbolga hech narsa bermaydi»

Baho:
+ | -

Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Byelsa JCH-2026 uchrashuvlari paytida suv ichish uchun e’lon qilinayotgan tanaffuslardan norozi bo‘lmoqda.

«O‘yinlar to‘rt qismga bo‘linib ketyapti, bu esa futbolning odatiy qoidalarini o‘zgartirib yubormoqda. Bunday tanaffuslar hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, bor narsani ham tortib oladi», — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Amerikada o‘tayotgan Jahon chempionatida har bir bo‘limning o‘rtasida suv ichib olish uchun uch daqiqalik tanaffuslar joriy etilgan.

Mundialdagi ilk uchrashuvida Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi (1:1). Byelsa shogirdlari nufuzli turnirdagi navbatdagi bahsni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv ertaga, 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:09, 21.06.2026.
O'qildi: 607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик