Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» va «Lion» Devid bo‘yicha so‘rov yubordi

«Tottenxem» va «Lion» Devid bo‘yicha so‘rov yubordi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubining kanadalik hujumchisi Jonatan Devid yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Corriere dello Sport nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Yuventus» 26 yoshli hujumchini 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki so‘rovlarni Angliyaning «Tottenxem» hamda Fransiyaning «Lion» klublari amalga oshirib ulgurishdi.

Ayni damda Devid Kanada terma jamoasi safida Jahon chempionati — 2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Qatarga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda forvard o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakunlangan klub mavsumida Devid barcha turnirlarda jami 46 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 bor ishg‘ol qildi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:35, 21.06.2026.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик