Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Milan» 20 yoshli braziliyalik futbolchidan voz kechdi

«Milan» 20 yoshli braziliyalik futbolchidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Korintians» yarim himoyachisi Andre «Milan»ga o‘tmaydi. Bu haqda MilanNews xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, avvalroq «Milan» braziliyalik klub bilan Andrening transferi bo‘yicha 17 million yevro evaziga kelishib olgandi, biroq keyinroq «Korintians» kelishuv shartlarini o‘zgartirib, summani oshirdi. Shu sababli «rossonerilar» muzokaralardan chiqishga qaror qilishdi.

Ta’kidlanishicha, transfer amalga oshishi uchun Andre hatto umumiy summadan unga tegishli bo‘lgan 30 foiz ulushidan ham voz kechgan. Biroq bu ham «Korintians»ni ko‘ndirishga yordam bermadi.

2026 yilda Andre barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:38, 21.06.2026.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик