Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi: «JCHda biror jamoani yutishimizni hech kim kutmayapti»

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi: «JCHda biror jamoani yutishimizni hech kim kutmayapti»

Baho:
+ | -

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi, avstraliyalik Grem Arnold jahon chempionati doirasida Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan mamlakatda futbolning ommaviyligi haqida gapirib o‘tdi.

— Iroqda futbol qanday o‘rin tutadi?

— Bu birinchi raqamli sport turi, boshqalardan katta farq bilan oldinda. Muxlislar futbolga tom ma’noda mukkasidan ketishgan. O‘yinchilar deyarli oddiy ijtimoiy hayot kechira olmaydilar — ularni hamma joyda tanishadi. Men supermarketga piyoda chiqqanim hamonoq, atrofda mashinalar to‘xtab, odamlar tushib, suratga tushishni so‘rashardi.

Mamlakatda futbolga qiziqqan 46 million aholi bor. Bunday hissiyotlar avvalgi avlod o‘yinchilariga ham bosim o‘tkazgan — turnirga chiqish zarurati sababli ularga ulkan bosim yuklangan edi.

— Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan bu bosim saqlanib qolganmi?

— Men o‘yinchilarga shunday dedim: «Biz hali hech narsaga erishganimiz yo‘q». Jahon chempionatiga chiqish mamlakat va muxlislar uchun fantastik voqea, ammo bizdan kimnidir majburiy ravishda yutishimizni hech kim kutmayapti.

Bizning vazifamiz — har qachongidan ham yaxshiroq o‘ynash va dunyoni hayratda qoldira olishimizga ishonch bilan maydonga tushish. Nafaqat muxlislarimizni, balki butun dunyoni hayratlantirish kerak, — dedi Arnold.

Jahon chempionatining birinchi turida Iroq Norvegiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va I guruhida oxirgi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 17:36, 21.06.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик