Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Muhammad Saloh Misr uchun tarixiy o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Muhammad Saloh Misr uchun tarixiy o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida bo‘lib o‘tgan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

"G" guruhidan o‘rin olgan bahsda misrliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda hisobni 15-daqiqada Maykl Syorman ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Misr javob qaytardi. Avval Ziko 58-daqiqada muvozanatni tikladi, 67-daqiqada esa Saloh jamoasini oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Trezege yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Saloh uchrashuvning haqiqiy qahramoniga aylandi. U bitta gol urdi va yana bir golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa afrikaliklar yetakchisi jamoasining uchta golidan ikkitasida bevosita ishtirok etib, Misrga nafaqat ushbu mundialdagi ilk g‘alabani, balki jahon chempionatlari tarixidagi birinchi g‘alabani ham taqdim etdi.

Ikki turdan so‘ng G guruhida Misr 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko bor. Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan guruhda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionati-2026. G guruhi, 2-tur
22 iyun
Yangi Zelandiya — Misr — 1:3
Gollar: Syorman, 15 (1:0), Ziko, 58 (1:1), Saloh, 67 (1:2), Trezege, 82 (1:3).

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:48, 22.06.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик