Madridning «Real» va Londonning «Tottenhem» klublari sobiq yarim himoyachisi Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlash qarori haqida fikr bildirdi. Uelslik futbolchi butsalarini 2022-yilda «mixga ilgan» edi.
«Sog‘indimmi? Yo‘q, men umuman futbolni sog‘inmayapman. Faoliyatim qachondir yakunlanishini juda yaxshi bilardim, shuning uchun bunga ruhiy jihatdan tayyor edim. Shunchaki o‘yin uchun futbolda qolish menga qiziq emas edi. Men yetarlicha o‘ynadim va keyingi qadamni tashlashim kerak bo‘lgan paytga yetdim», — deya uelslik futbolchining so‘zlarini keltiradi The Athletic.
Eslatib o‘tamiz, Beyl «Real» bilan birga uch marta Ispaniya La Ligasi chempioni bo‘lgan, shuningdek, besh marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.













