Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Palestra o‘ziga yangi klub tanladi

Palestra o‘ziga yangi klub tanladi

Baho:
+ | -

«Atalanta» himoyachisi Marko Palestra faqat Milanning «Inter» klubiga o‘tishni istamoqda. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, «Inter» ushbu transferni qisqa fursat ichida yakunlashni maqsad qilgan. Futbolchining agenti bugun yoki ertaga Milan shahriga yetib kelishi kutilmoqda.

Klublar o‘zaro muzokaralarni davom ettirishmoqda va doimiy aloqada bo‘lib turishibdi. Ayni paytda transfer qiymati taxminan 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Ta’kidlanishicha, «Inter» rahbariyati ushbu kelishuvning ijobiy yakunlanishiga to‘liq ishonmoqda va vaziyatga optimistik ruhda qaramoqda.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» sharafini himoya qildi va u yerda muntazam ravishda maydonga tushib turdi. 21 yoshli futbolchi jami 37 ta uchrashuvda qatnashib, «gol+pas» tizimida 5 ochko (1 ta gol va 4 ta assist) jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:44, 22.06.2026.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик