Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston Portugaliyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin FIFA reytingida pastladi

O‘zbekiston Portugaliyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin FIFA reytingida pastladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 doirasida Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan keyin FIFAning jonli reytingida o‘z o‘rnini pasaytirdi.

Yangilanib boruvchi FIFA reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, Xyustonda Portugaliyadan mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi 11,64 reyting ochkosidan mahrum bo‘ldi. Natijada jamoa ikki pog‘ona pastlab, 1432,84 ochko bilan jahon reytingida 58-o‘ringa tushib ketdi.

Bundan avval Fabio Kannavaro shogirdlari K guruhida Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan va bu natija tufayli yana 14,25 reyting ochkosi hamda besh pog‘onani yo‘qotgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ikki uchrashuvdan so‘ng jami 25 ochkodan ortiq reyting ballini hamda jonli reytingda sakkiz pog‘onani boy berdi.

O‘zbekiston guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu bahsdagi natija jamoaning FIFA reytingidagi keyingi o‘rniga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:27, 24.06.2026.
O'qildi: 2604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик