Bugun, 24 iyun kuni Argentina terma jamoasi va Amerikaning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi 39 yoshga to‘ldi.
Argentinalik futbolchiga katta mashhurlikni «Barselona»dagi faoliyati olib kelgan bo‘lib, ushbu jamoa tarkibida u Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, «Oltin to‘p» sovrini sohibiga aylangan.
Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati — 2026da Messi turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Tajribali futbolchi hisobida 18 ta urilgan gol mavjud.













