Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-2 Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Byelsa: «G‘alabaga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha jamoalarni kuchliroq qiladi»

Byelsa: «G‘alabaga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha jamoalarni kuchliroq qiladi»

Baho:
+ | -

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa jahon chempionati guruh bosqichining Ispaniyaga qarshi so‘nggi o‘yinidan kutilayotgan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aynan turnir jadvalidagi holat uning jamoasini o‘zlarining eng yaxshi futbolini namoyish etishga majbur qilishi kerak.

Urugvayliklar dastlabki 2 turdan keyin bor-yo‘g‘i 2 ochko jamg‘arishdi va endi ketma-ket 33 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Ispaniya bilan uchrashuvda ijobiy natijaga erishishga majburdirlar.

«G‘alabaga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha jamoalarni kuchliroq qiladi. Futbolchilar ortga chekinadigan joy yo‘qligini tushunishganda, ular mutlaqo boshqa darajaga chiqishga qodir bo‘lishadi. Urugvay futboli an’analari va ushbu jamoaning xarakterini hisobga olgan holda, umid qilamanki, aynan vaziyatning taqozosi bizga yaxshiroq bo‘lishga yordam beradi», — dedi Byelsa o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Urugvay va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00da boshlanadi.

Kiritildi: 15:06, 26.06.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик