Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

JCH-2026. Iordaniya — Argentina. Messi zaxirada qoldi

JCH-2026. Iordaniya — Argentina. Messi zaxirada qoldi

Baho:
+ | -

Bugun, 28 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 final bosqichi "J" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Iordaniya hamda Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Uchrashuv AQSHning Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqaradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Argentina milliy jamoasi Lionel Messi zaxirada qoldirildi.

Jahon chempionati-2026. "J" guruhi, 3-tur
28 iyun, 07:00. Arlington (AQSH), «Ey-Ti-end-Ti» stadioni
IORDANIYA - ARGENTINA
Iordaniya: Abu Layla, Al-Arab, Haddad, Nasib, Abu Dag‘ab, Abu Taha, Al-Ravabdeh, Ar-Rashdan, Olvan, Al-Fahuriy, Azayze.
Argentina: Emiliano Martines, Talyafiko, Otamendi, Senesi, Paredes, Lo Chelso, Palasios, Pas, Juliano Simeone, Xulian Alvares, Lautaro Martines.

Ikki turdan keyin Argentina terma jamoasi 6 ochko bilan J guruhida peshqadamlik qilmoqda. Iordaniya esa har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 3 ochkodan jamg‘argan Avstriya hamda Jazoir terma jamoalari joylashgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:02, 28.06.2026.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик