Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Dyokeresh Shvesiya terma jamoasining Fransiyaga qarshi o‘yindagi imkoniyatlarini baholadi

Dyokeresh Shvesiya terma jamoasining Fransiyaga qarshi o‘yindagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Fransiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu bahs 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 02:00 da chalinadi. Fransuzlar ushbu qarama-qarshilikning yaqqol favoriti hisoblanishmoqda.

«Biz maydonga uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga bo‘lgan ishonch bilan chiqishimiz kerak. Agar o‘sha kuni omadimiz chopsa, menimcha, ajoyib o‘yin ko‘rsata olishimiz mumkin. Bizni nima kutayotganini juda yaxshi bilib turibmiz», — deya matbuot anjumanida bayonot berdi Dyokeresh.

Shvesiya terma jamoasi Niderlandiya va Yaponiyadan keyin 4 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Fransiya esa 9 ochko bilan o‘z guruhida peshqadam bo‘ldi.

Kiritildi: 18:08, 29.06.2026.
O'qildi: 507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик