O‘tmishda mashhur bo‘lgan niderlandiyalik futbolchi Rafael van der Vaart «to‘q sariqlar»ning JCH-2026 1/16 finalida Marokashdan uchralgan mag‘lubiyatli o‘yindagi taktikasi haqida gapirdi.
«Kuman terma jamoada yaxshi ishlamoqda. Ammo Marokash bilan o‘yinda hamma narsani o‘zgartirishning nima keragi bor edi? Raqibning eng kuchli chizig‘i bu — yarim himoya. Nima uchun biz bor-yo‘g‘i ikkita yarim himoyachi va beshta himoyachi bilan o‘ynadik? Men murabbiy bo‘lib ishlamayman, biroq buni noto‘g‘ri tanlov deb hisoblayman», — deya sobiq yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Voetbal.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa afrikalik futbolchilar aniqroq harakat qilishdi — 3:2.













