Yaponiya milliy terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finali doirasidagi shiddatli bahsda Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda Gabriel Martinelli tomonidan kiritilgan g‘alaba goli uchrashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, yaponlar yana bir bor dramatik tarzda Jahon chempionati pley-offining ilk bosqichidayoq kurashdan chiqishdi. Bundan avval «samuraylar» 2002, 2010, 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida ham aynan birinchi pley-off raundida mag‘lub bo‘lishgan edi. Yaponiya terma jamoasi o‘z tarixida hali hech qachon pley-offning ilk bosqichidan yuqoriroqqa ko‘tarila olmagan.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichida yaponlar «F» guruhida Niderlandiyani oldinga o‘tkazib yuborib, ikkinchi o‘ri













