Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Milan» «Sporting»ning muhim himoyachisini o‘z nishoniga oldi

«Milan» «Sporting»ning muhim himoyachisini o‘z nishoniga oldi

Baho:
+ | -

«Sporting»ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu «Milan»ning qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Inasiu — «Milan» tarkibini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan uchta asosiy variantdan biri hisoblanadi. Italiya klubining yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi himoyachi sotib olmoqchi. Hozircha klub ichida ehtimoliy nomzodlar bo‘yicha muhokamalar ketmoqda.

Biroq Inasiuni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘lishi aytilmoqda, chunki u «Sporting»ning asosiy va o‘ta muhim futbolchisi hisoblanadi.

2025/26 yilgi mavsumda Inasiu barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:41, 30.06.2026.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик