«Barselona» klubi markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoa bilan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
30 yoshli daniyalik futbolchining klub bilan avvalgi kelishuvi shu yilning iyun oyi yakunida tugagan edi. Yangi shartnoma esa 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Andreas Kristensen 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u jarohatlari sababli barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Umumiy hisobda esa tajribali himoyachi kataloniyaliklar libosida 98 ta bahsda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.













