Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ibragimovich zaif tomoni yo‘q terma jamoani aytdi

Ibragimovich zaif tomoni yo‘q terma jamoani aytdi

Baho:
+ | -

Shvesiyalik mashhur sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich Fransiya terma jamoasining kuchi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. «Uchranglilar» 1/16 final uchrashuvida shvedlarga hech qanday imkoniyat qoldirmay, javobsiz uchta gol urishdi.

«Men buni o‘yin oldidan ham aytgandim va hozir ham ushbu Fransiya terma jamoasida biron bir zaif tomonni ko‘rmayapman. Ularning hujum chizig‘idagi istalgan vakili o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qilishga qodir. Olise gol urmadi, lekin unda Mbappe va Dembeleda yo‘q bo‘lgan maydonni ko‘rish qobiliyati bor, vaholanki ular turli xel fazilatlarga ega o‘yinchilardir.

Fransiya qanchalik uzoqqa borishini ko‘ramiz, lekin bu dahshatli jamoa. Unda dunyoning eng yaxshi beshta hujumkor futbolchisidan uch nafari — Mbappe, Dembele va Olise to‘p surmoqda. Qolgan ikki nafari — Yamal va Holand. Messi esa o‘z toifasida, shuning uchun uni hisobga olmayapman», — deya Ibragimovichning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

1/8 finalda fransuzlar Paragvay bilan to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 14:56, 01.07.2026.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик