Madrid klubi sardori bilan tuzilgan yangi bitim 2027 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.
Koke — «Atletiko» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2009 yilning sentyabr oyida madridliklarning asosiy jamoasida debyut qilgan vaqtidan beri klub safida barcha turnirlarda jami 740 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Yakunlangan mavsumda 34 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing 34 ta bahsida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi.













