«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi JCH-2026da Angliya terma jamoasining o‘yini borasida xavotirlarini bildirdi.
Tomas Tuxel jamoasi 1/16 finalda DR Kongo terma jamoasini mag‘lub etdi (2:1). Keyingi bosqichda inglizlar Meksikaga qarshi o‘ynaydi.
«Menda jiddiy xavotirlar bor. Albatta, Angliya keyingi bosqichga chiqqanidan xursandman, lekin xavotirlanish uchun sabablar juda ko‘p.
Birinchi navbatda, Angliya to‘pni yo‘qotganda, jamoa juda zaif bo‘lib qolyapti. DR Kongoga tan berish kerak, ammo kuchliroq raqibga qarshi o‘yinda, agar buni tuzatmasak, bizni katta muammolar kutmoqda.
Bizda maydon markazi haddan tashqari ochiq qolib ketyapti. Menimcha, himoya chizig‘i va yarim himoya o‘rtasidagi bog‘liqlik ancha zaif. Qanot himoyachilari jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Niko O’Rayli bugun yaxshi o‘ynadi, lekin umuman olganda, qanot himoyachilarida katta muammolar bor.
Madueke ham eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmadi – futbolchilar o‘rtasida shunchaki o‘zaro tushunish yo‘q. Maydon markazida ulkan bo‘shliqlar paydo bo‘lmoqda va aynan mana shu narsa meni eng ko‘p tashvishga solmoqda.
Haddan tashqari pessimistik ko‘rinishni xohlamayman, lekin ko‘rganlarimni ochiq aytishga majburman. Bu gaplar faqat shu o‘yin haqida emas – bundan oldingi bahslarda ham shunday holat kuzatilgandi.
Bu Tomas Tuxelga savollarning javobini bermoqda. Avvalroq aytganimdek, u endi nima bilan to‘qnash kelayotganini tushunib turibdi va bu muammolar bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak. Aks holda, musobaqani tark etamiz», – dedi Runi BBC efirida.













