Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristian Vyeri hujumchi Gonsalu Ramushning «Milan»ga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Milan»da Gonsalu Ramush kabi hujumchi bo‘lmaganiga o‘n yil bo‘ldi. Bu ajoyib futbolchi. «Milan» jahon darajasidagi o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi», — deya Vyerining so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Gonsalu Ramush shu yozda «PSJ»dan «Milan»ga 74 million yevro evaziga o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi «rossoneri» bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «PSJ» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













