Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Kolo-Muani borasida «Yuventus» va «PSJ»ning pozisiyalari ma’lum

Kolo-Muani borasida «Yuventus» va «PSJ»ning pozisiyalari ma’lum

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Randal Kolo-Muanini sotib olish ustida ish olib bormoqda. Biroq Corriere della Sera nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, hozirda Turin klubi va «PSJ»ning bu boradagi pozisiyalari bir-biriga mos kelmayapti.

«PSJ» Kolo-Muani transferidan 40 million yevro ishlab olmoqchi, «Yuventus» esa o‘z chegarasini — 35 million yevro etib belgilagan. Bundan tashqari, «keksa sinyora» quyidagicha ko‘rinishdagi sxema taklif qilmoqda: futbolchini 8-10 million yevro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 25 million yevroga majburiy sotib olish.

Avvalroq «Yuventus» rahbariyati Kolo-Muanini tarkibga qo‘shib olish ustida harakat qilayotganini ma’lum qilgan edi. Ushbu futbolchi 2025 yilning birinchi yarmida turinliklar safida ijara asosida to‘p surgan.

Kiritildi: 03:16, 03.07.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик