Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Tonali «Tottenxem» bilan shartnoma imzoladi

Tonali «Tottenxem» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

26 yoshli markaziy yarim himoyachi Sandro Tonali «Nyukasl»dan Londonning «Tottenxem» klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik futbolchi «Tottenxem» bilan 2032 yilga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan. Ta’kidlanishicha, Tonalining Londondagi maoshi bonuslar bilan birgalikda 12 million yevroni tashkil qiladi.

Yarim himoyachi 2023 yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ortda qolgan mavsumda u barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va o‘z hisobiga 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq, «Tottenxem»ga Tonalining transferi 117 million yevroga tushishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 18:03, 03.07.2026.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик