Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

«Chelsi»ning afsonaviy futbolchisi London klubidagi la’nat haqida gapirib berdi

«Chelsi»ning afsonaviy futbolchisi London klubidagi la’nat haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Maksans Lakruani London klubiga o‘tishdan ogohlantirdi.

Tarqalgan mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «Kristal Pelas» o‘z tarkibidagi 26 yoshli futbolchini (uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan) 60 million funt sterlingga baholamoqda, «ko‘klar» esa ushbu summani kamaytirishga harakat qilishyapti.

«Maksans Lakrua «Chelsi»dami? Buni unuting. «Chelsi»dagi fransuz himoyachilarini go‘yoki la’nat ta’qib qilmoqda. Marsel Desayi va Uilyam Gallas davridan beri ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hozir «Chelsi»da qancha markaziy himoyachi bor? Sakkizta bo‘ldimi?», — deya Petining so‘zlarini keltiradi tribalfootball.com portali.

Ma’lumot uchun, ayni damda Lakrua Fransiya terma jamoasi tarkibida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 12:20, 04.07.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик