Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»

Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»

Baho:
+ | -

«Andijon» — «Enisey» (1:1) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Islom Ahmedov klub matbuot xizmatiga o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yindan qoniqish hosil qildingizmi?

— O‘yindan qoniqish bor. Yigitlarimizda ijobiy tomonga juda yaxshi o‘sish kuzatilmoqda. Lekin baribir «100 foiz qoniqdik» desak, ishlashdan to‘xtab qolamiz. Albatta, yana ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlarimiz borligi ko‘rindi. Umuman olganda, yigitlarning harakatlari yaxshi bo‘ldi. Juda ko‘p imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Yakuniy bosqichda kamchiliklarimiz sezildi. Eng yoqqan tomoni, futbolchilarimiz bor kuchini berib, oxirigacha kurashishdi va har qanday qiyin vaziyatda ham bosiqlik bilan to‘pni paslar orqali olib chiqishga harakat qilishdi.

— Raqib bosh murabbiyi o‘yin davomida ancha asabiylashib, shogirdlariga e’tirozlar bildirdi...

— Har bir murabbiyning o‘z qarashi bor. To‘g‘risi, raqib murabbiyiga e’tibor bermadim. Bor diqqat-e’tiborimni o‘z jamoamga qaratdim.

— 1:1 hisobi o‘yinga mos tushdi, deb o‘ylaysizmi?

— Raqibga nisbatan ko‘proq hujum qildik, ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Biroq ularda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Shunga qaramay, ko‘proq bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi. G‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Buning uchun imkoniyatimiz ham bor edi. Faqat hujumlarda so‘nggi nuqtani qo‘yishda ozgina sovuqqonlik va aniqlik yetishmadi.

— Murabbiy sifatida ushbu o‘yindan o‘zingiz rejalashtirgan barcha jihatlarni oldingizmi?

— Yig‘in yakuniga yetib boryapmiz. Mashg‘ulotlardagi ishlanmalarimiz o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Bu hali charchoq fonida shunday ko‘rinyapti. Xudo xohlasa, futbolchilar tetik holatga kelgach, yanada yaxshiroq o‘yin namoyish eta olamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:59, 05.07.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик