Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo‘lgan argentinalik vinger Alexandro Garnacho hamon «Napoli»ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «aristokratlar» rahbariyati futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. London klubi Alexandroning sotuvidan taxminan 46 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Garnachoga Argentinaning «River Pleyt» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi o‘tgan yilning yozida «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda u bilan 2032 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolangandi.
Yakunlangan mavsumda argentinalik futbolchi 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.













