Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Yulmann «Atletiko»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Yulmann «Atletiko»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Sporting» yarim himoyachisi Morten Yulmann Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Atletiko» 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik borasida bir qarorga kelishdi. Ayni paytda «matraschilar» «Sporting» klubi bilan muzokaralarning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Avvalroq, transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Yakunlangan mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ispaniya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, «Atletiko» 38 turda 69 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 19:40, 05.07.2026.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик