Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua FIFAning AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunni, avvalgi o‘yinda maydondan chetlatilganiga qaramay, Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuviga qo‘yish haqidagi qarorini sharhladi.
«Bu qaror biz uchun deyarli hech narsani o‘zgartirmaydi. Savollar bizga emasligi aniq. Biroq hamma narsa o‘yinning o‘zidan oldin hal qilinganidan hayratda qoldik. Biz maydonga tushishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak. Ularning tarkibida bu futbolchi bo‘ladimi yoki yo‘qmi — farqi yo‘q. Qiyin o‘yin kutyapmiz. Butun stadion AQSH terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi», — deya golkiperning so‘zlarini keltiradi Footmercato nashri.
AQSH — Belgiya uchrashuvi 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.













