Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kanselu «Al-Hilol»ga ultimatum qo‘ydi

Kanselu «Al-Hilol»ga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ixtiyoriga qaytishdan bosh tortdi. Bu haqda 365Scores nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Kanselu «Al-Hilol» rahbariyatiga Simone Indzagi bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatilmaguncha jamoaga qaytmasligini ma’lum qilgan.

Taxminlarga ko‘ra, Kanselu shu yo‘l bilan klubni o‘zini «Barselona»ga qo‘yib yuborishga majbur qilmoqchi. Futbolchi yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida aynan Kataloniya klubida o‘tkazgan edi.

Bundan oldinroq, kataloniyaliklar himoyachini o‘z safida saqlab qolmoqchi ekanliklari, biroq u uchun so‘ralayotgan 10 million yevroni to‘lashga tayyor emasliklari haqida xabar berilgan edi.

Kanseluning «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:29, 06.07.2026.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик