Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Arsenal» «Boka Xuniors»ning 19 yoshli argentinalik yulduzini kuzatmoqda

«Arsenal» «Boka Xuniors»ning 19 yoshli argentinalik yulduzini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Boka Xuniors» klubining hujumkor yarim himoyachisi Tomas Aranda Londonning «Arsenal» klubi radariga tushdi. Bu haqdagi ma’lumot bilan jurnalist Ekrem Konur o‘rtoqlashdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» Janubiy Amerikaning eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblangan Arandaga qiziqish bildirmoqda. Klub uni diqqat bilan kuzatib, rivojlanishini baholab bormoqda, biroq hozircha rasmiy taklif kiritish borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Ta’kidlanishicha, Arandaning «Boka Xuniors» bilan shartnomasida 17,5 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq, 19 yoshli xavbekka nafaqat «Arsenal», balki  A Seriya, Bundesliga va La Liga klublari tomonidan ham jiddiy qiziqish mavjud.

Joriy 2026 yilda Aranda barcha turnirlarni hisobga olgan holda 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:45, 06.07.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик