Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Shaxmat. Javohir Sindarov AQSHdagi xalqaro turnirning 2 ta yo‘nalishida g‘olib chiqdi

Shaxmat. Javohir Sindarov AQSHdagi xalqaro turnirning 2 ta yo‘nalishida g‘olib chiqdi

Baho:
+ | -

AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida o‘tkazilgan Naroditsky Memorial Rapid & Blitz musobaqasining rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishgan Sindarov nufuzli musobaqaning blis bahslarida ham muvaffaqiyatga  erishdi.

Joriy yilgi Jahon shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi bahsga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov dastlab shveysarcha tizimda o‘tkazilgan blis bahslarda 11 ta turdan keyin 7,5 ochko to‘plab, 9-o‘rinni egallagan holda final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Muhiddin Madaminov esa 8 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan holda final bosqichiga chiqdi.

Final bosqichida esa jami 10 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Sindarov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi turda reytingda o‘zidan yuqorida turgan amerikalik Hikaru Nakamura bilan durangga imzo chekdi.

Amerikalik Uesli So 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 6 ochkoga ega yana bir mezbon shaxmatchi Etan Shixan 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Blis bahslaridagi chempionlik evaziga Sindarov 6 000 AQSH dollari miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi. Ushbu musobaqada qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Muhiddin Madaminov 4,5 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Amerikalik grossmeyster, sharhlovchi va strimer Daniel Narodiski xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaning rapid yo‘nalishida Javohir Sindarov yetti tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘arib, hindistonlik grossmeyster Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi. G‘olib nomi blis tay-breyk orqali aniqlandi va unda o‘zbekistonlik shaxmatchi raqibini har ikki partiyada ham mag‘lub etib, 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:56, 06.07.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик