Italiyaning «Napoli» klubi 2026/2027 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi rasmiy formasini namoyish qildi.
Klub ijtimoiy tarmoqda quyidagi xabarni e’lon qildi:
«Bizning tariximiz — maxsus tikilgan. 19:26».
Undagi 1926 raqami klub tashkil topgan yilga ishora qiladi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Napoli» A Seriyasida 38 ta o‘yinda 76 ochko to‘plab, musobaqani ikkinchi o‘rinda tugatdi. Italiya chempioni esa 87 ochko bilan Milanning «Inter» jamoasi bo‘ldi.
3 iyul kuni Massimiliano Allegri rasman «Napoli» bosh murabbiyi etib tayinlandi. 58 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Allegri o‘tgan mavsum «Milan»ni boshqargan va jamoa A Seriyasini 70 ochko bilan beshinchi o‘rinda yakunlagan edi.














