Italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali Londonning «Tottenxem» klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu transferda «shporlar» ustozi — uning vatandoshi Roberto de Dzerbining shaxsiyati katta rol o‘ynadi.
«Bu yerda ekanligimdan baxtliman. Menga juda yoqyapti, klub ixtiyoriga kelishim bilan o‘zimni yaxshi his qildim. Roberto bilan taxminan ikki soat davomida suhbatlashdik. Hamma narsa haqida: klub, stadion va futbolimiz xususida gaplashdik. Ushbu suhbatdan so‘ng bu yerga kelib adashmaganimga to‘liq ishonch hosil qildim. Tezroq maydonga tushib, o‘yinlarni boshlashni intiqlik bilan kutyapman», — deya Tonalining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Sandro «Milan» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq u so‘nggi uch yilni Angliyaning «Nyukasl» jamoasida o‘tkazgan edi.













