Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uan-Bissaka Angliyaning top-klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Uan-Bissaka Angliyaning top-klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Vest Xem»ning o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissakaga qiziqish bildirmoqda.

Kongo DR terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi jamoa Chempionshipga tushib ketganidan so‘ng «bolg‘achilar» safini tark etishi ehtimoli juda yuqori. TEAMtalk nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» «Manchester Yunayted»ning sobiq o‘yinchisini shu yozda sotib yuborilish ehtimoli bo‘lgan Ben Uaytga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.

Aaron Uan-Bissakaning bozor bahosi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 15 million yevroga baholanmoqda. Yakunlangan mavsumda kongolik futbolchi Premyer-ligada «Vest Xem» safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:35, 07.07.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик