Ispaniya terma jamoasi qanot himoyachisi Mark Kukurelya JCH-2026 1/8 final uchrashuvidan so‘ng portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning buyukligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ronaldu — futbol afsonasi va ko‘pchilikning kumiri. Unga qarshi maydonga tushganingda, bu senga qo‘shimcha motivasiya beradi. Bolaligimda uning o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilardim, endi esa Jahon chempionatida unga qarshi to‘p surdim», - deya ispan lateralining so‘zlarini keltiradi AS.
«Qizil furiya» Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Luis de la Fuente shogirdlari nufuzli turnirdagi navbatdagi o‘yinni 10 iyul kuni Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













