Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

De la Fuente: «Rodri — o‘z pozisiyasida dunyoning eng zo‘ri»

De la Fuente: «Rodri — o‘z pozisiyasida dunyoning eng zo‘ri»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Portugaliya ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yinda yarim himoyachi Rodri Ernandesning ko‘rsatgan o‘yinini yuqori baholadi.

Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 final uchrashuvi ispanlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va bu jamoaga chorak finalga yo‘l olish imkonini berdi.

«Rodri — jamoamizning bosh motori. U bizga muvozanat (balans) taqdim etadi va o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Uning ortida esa bizda Martin Subimendi bor — u dunyoda ikkinchi eng zo‘ri», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Voetbal International nashri.

30 yoshli Rodri joriy Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining barcha beshta uchrashuvida maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turolmadi.

Kiritildi: 15:51, 07.07.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик