Hujumchi Neymar faoliyatida jahon chempioni bo‘la olmagani sababli ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi mundialning 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni erta tark etdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Neymar milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Klub darajasida esa 34 yoshli hujumchining kelajagi so‘roq ostida turibdi. ESPN Braziliya nashrining xabar berishicha, «Santos» rahbariyati Neymarning 2026 yil yakunigacha jamoada qolishiga shubha qilmoqda va vaziyatni muhokama qilish uchun futbolchining vakillari bilan uchrashuv belgilagan.













