Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 chorak final uchrashuviga angliyalik Maykl Oliver bosh hakam etib tayinlandi.
Hakamlar brigadasidan assistentlar Styuart Bert (Angliya) va Jeyms Meynveyring (Angliya) o‘rin olishdi. Zaxira hakami sifatida Denni Makkeli (Niderlandiya), zaxira assistenti sifatida Xessel Strigstra (Niderlandiya) ishlaydi. Videoarbitr (VAR) etib Jared Jilett (Angliya), uning yordamchilari sifatida esa Dennis Xigler (Niderlandiya) va Tomash Kvyatkovski (Polsha) tayinlandi.
Oliver JCH-2026 turnirida hozirgacha uchta o‘yinda ishladi: Niderlandiya — Shvesiya (5:1), Fransiya — Norvegiya (4:1) va Kanada — Marokash (1/8 final, 0:3).
JCH-2026 1/4 finalidan o‘rin olgan Ispaniya — Belgiya bahsi 10 iyul kuni Inglvudda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.













