"Udineze" markaziy yarim himoyachisi Artyur Atta faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, fransiyalik futbolchining xizmatlariga APLning ikki vakili — "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "Udineze" o‘z o‘yinchisining transferidan taxminan 40 million yevro ishlab olmoqchi.
O‘tgan yozda Italiya klubi yarim himoyachini "Mes"dan atigi sakkiz million yevro evaziga sotib olgan edi. "Udineze" tarkibida Atta barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol etdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchining "Udineze" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













