Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Chelsi» himoyachisi «Arsenal»ga o‘tmoqchi

«Chelsi» himoyachisi «Arsenal»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning 20 yoshli futbolchisi Josh Achimpong «Arsenal»ga o‘tmoqchi. Bu ma’lumotni jurnalist Eduardo Xagn o‘rtoqlashdi.

Manbaning xabar berishicha, «ko‘klar» 20 yoshli futbolchini sotmoqchi emas, ammo u jamoani tark etishga qat’iy qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, Achimpongning xizmatlari bir nechta klublarga taklif qilingan, shu sababli uning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

O‘tgan mavsumda Achimpong barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt nufuzli portali mutaxassislari ingliz futbolchisini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:37, 08.07.2026.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик